Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Birlashgan tahririyati xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu yilning 26-iyul kuni "Toshkentdan "Samarqand" temir yoʻl vokzaliga yetib kelgan 766-sonli "Afrosiyob" tezyurar poyezdining 2-vagonidan unutib qoldirilgan qoʻl sumkasi topib olingan.
Oʻtkazilgan tekshiruv surishtiruvlardan keyin qoʻl sumkasi chet ellik fuqaroga tegishli ekani va uning ichida fuqaroga tegishli fuqarolik pasporti, maʼlum miqdordagi chet el kupyuralari borligi aniqlandi.
Olib borilgan tezkor surishtiruvlar natijasida qoʻl sumkasi hindistonlik Mukesh Kumarga tegishli ekani aniqlanib, Yoʻlovchi poyezdlarini kuzatish batalyoni huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi tomonidan oʻz egasiga topshirildi.