Uchrashuvda hind tomoniga xorijiy aviakompaniyalarni mamlakatimiz aviatsiya bozoriga jalb etish, ular uchun qulay sharoitlarni yaratish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar-tadbirlar, taqdim etilgan imtiyozlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Ikki mamlakat o‘rtasida qo‘shimcha aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi sayyohlik, iqtisodiy hamkorlik aloqalar ko‘lamining yana-da kengayishida muhim omil bo‘lib xizmat qilishi alohida taʼkidlandi.

Muzokaralarning navbatdagi bosqichini tashkil etish maqsadida “IndiGo” aviakompaniyasi mutaxassislaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga amaliy safarini tashkil etishga kelishib olindi.