Hindistonning “IndiGo” aviakompaniyasi Toshkentga parvozlar sonini oshiradi

    Shu yilning 17-avgustidan Hindistonning “IndiGo” aviakompaniyasi Dehli-Toshkent-Dehli yoʻnalishi boʻyicha muntazam yoʻlovchi qatnovlari sonini haftasiga toʻrt martadan yetti martagacha oshirmoqda.

    Shunday qilib, parvozlar har kuni Airbus 320 rusumidagi samolyotlarda amalga oshiriladi.

    Eslatib oʻtamiz, “IndiGo” aviakompaniyasi 2023-yil 22-sentabrdan Oʻzbekistonga muntazam parvozlarni boshlagan. Bunga qadar Hindiston aviakompaniyasi dushanba, seshanba, payshanba va shanba kunlari parvozlarni amalga oshiradi.

    “IndiGo” - bosh qarorgohi Gurgaonda (Hindiston) joylashgan hind xususiy arzon aviakompaniyasi. Kompaniya doimiy reyslar va samolyotlar soni boʻyicha mamlakatdagi eng yirik aviatashuvchi hisoblanadi.