Hududning asosiy daryosi Brahmaputra va uning irmoqlarida suv sathi hozirda xavf chegarasidan yuqori. Rasmiylarning qayd etishicha, 2024-yilda suv toshqini va ko'chkilar oqibatida halok bo'lganlar soni 45 kishini tashkil qildi.
Shtat hukumati 72 ta vaqtinchalik boshpana lageri va yana 64 ta yordam tarqatish markazlarini tashkil etdi. Qutqaruv ishlariga quruqlikdagi va chegara qo'shinlari va havo kuchlari harbiy xizmatchilari jalb qilindi, deb xabar beradi report.az.