Qoʻngʻir ayiq — respublikamiz faunasining noyob turlaridan biri. Mutaxassislar tili bilan aytganda, u tabiatan kamyob, yaʼni mozaik tarqalgan kenja tur sanaladi. Odatda, ayiqlar qish mavsumi yaqinlashar ekan, qishki uyquga ketishdan oldin toʻyib ovqatlanishga va bu bilan oʻziga kerakli boʻlgan moddalarni, vitaminlarni toʻplab olishga harakat qiladi.
Tyan-Shan qoʻngʻir ayigʻi TMXI Qizil roʻyxati va Oʻzbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan.
Ular keyingi yillarda alohida himoyaga olinib, muhofaza choralari kuchaytirilgani oʻz samarasini bermoqda. Xususan, “Hisor” davlat qoʻriqxonasida aniqlangan ayiqlar soni hozirda 150 boshdan ortiq va qoʻriqxonaning deyarli barcha hududlarida uchraydi.