Oʻrta Osiyo qunduzi yoq boʻlib ketayotgan, lokal tarqalgan kenja tur sifatida Oʻzbekiston Qizil kitobi, Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil roʻyxati va CITES I ilovasiga kiritilgan. Oʻtgan asrning oʻrtalarigacha Sirdariyo, Zarafshon, Amudariyo va uning quyilishida keng tarqalgan. Soʻnggi yarim asrda areali keskin qisqargan, hozirda Amudaryodan Qizilqum qoʻriqxonasigacha boʻlgan hududda uchraydi.
Maʼlumot uchun, Qizilqum davlat qoʻriqxonasi 1971-yil 23-iyunda Xorazm (8844 gektar) va Buxoro viloyatlari (1467 gektar) hududlarida tashkil etilgan. Hududda 359 tur (37 tur sut emizuvchilar, 266 tur qushlar, 29 tur sudralib yuruvchilar, 2 tur suvda va quruqlikda yashovchilar, 25 tur baliqlar) jonivorlar uchraydi. Shundan 50 turi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.








