“Hisor” davlat qoʻriqxonasiga oʻrnatilgan fotoqopqon yana qor qoplonini kamera obyektiga muhrladi

    Fan 9 May 2022 3523

    Davlat ekologiya qoʻmitasining “Hisor” davlat qoʻriqxonasiga oʻrnatilgan fotoqopqon yana qor qoplonini kamera obyektiga muhrladi.

    Qoʻriqxona bosh mutaxassisi Abdulaziz Xudoyqulov va qoʻriqlash xodimi Hasan Rahmonov tomonidan oʻrnatilgan yashirin fotoqopqonlarga yana bir bosh qor qoploni tasvirga tushdi, deb xabar beradi Qoʻmita axborot xizmati.

    Hozirigi kunda qor qoploni Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi va Oʻzbekiston “Qizil kitob”iga kiritilgan noyob tur hisoblanadi. Shuningdek, SITES - yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish toʻgʻrisidagi Konvensiya roʻyxatiga kiritilgan.

    Ovlash qatʼiyan taqiqlangan. Oʻzbekistondan tashqari Xitoy, Nepal, Qirgʻiziston, Mongoliya, Tojikiston, Pokiston, Rossiya, Qozogʻiston, Hindiston, Afgʻoniston va Butan kabi davlatlar hududida uchraydi.

    Eslatib oʻtamiz, “Hisor” davlat qoʻriqxonasi ushbu noyob jonivorlarning doimiy yashash joyi hisoblanadi va ularning muhofazasi Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan nazoratga olingan.