Joriy yil 10-iyun kuni Shahrisabz tumanidagi “Hisorak” suv ombori haqida internet ijtimoiy tarmogʻida baʼzi fuqarolar yolgʻon axborot tarqatib, odamlarning tinchini buzib, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga zarar yetkazilishiga sababchi boʻlgan.
Mazkur holat boʻyicha Shahrisabz tumanida yashovchi D.Umirova, N. Amanova va boshqalarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244 prim 6-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Eslatib oʻtamiz, hurmatli fuqarolar! Internet ijtimoiy tarmogʻida tarqalgan soxta yolgʻon xabarlarga ishonmasliklarini va rasmiy ijtimomiy tarmoqlarda masʼullar tomonidan berilgan maʼlumotlarga eʼtibor qaratishlarini soʻrab qolamiz. Qonunni bilmaslik jazodan ozod etmaydi,” deyiladi xabarda.