2022-yil 5-mart kuni Respublikamizda yuzaga kelgan kuchli shamol natijasida ayrim viloyatlardagi binolarning tom qismi yerga tushgan.
Jumladan, soat 05:30da Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahar “Vatanparvar” MFYda joylashgan koʻp qavatli uyning taxminan 120 m.kv, Oʻzbekiston koʻchasida joylashgan Stomatologiya binosining 100 m.kv, Doʻstlik MFYda joylashga koʻp qavatli uyning 250-300 m.kv;
soat 08:10da Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahar A.Doʻsnazarov koʻchasida joylashgan uyning 350 m.kv;
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri 8-mitti tuman A.Navoiy koʻchasida joylashgan uyning 100 m.kv maydonda tom qismlari shamol natijasida yerga tushgan.
Voqea joyiga FVVning hududiy boshqarmalari rahbariyati va qutqaruv boʻlinmalari jalb etilib, kuchli shamol talafotlarini bartaraf etish ishlari olib borildi.
Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok boʻlish holatlari qayd etilmadi.