“VOLVO” rusumli yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketgan va 5 tonnalik hamda 8 tonnalik “ISUZU” yuk mashinalari bilan toʻqnashgan.
Yoʻl-transport hodissasi oqibatida 8 tonnalik “ISUZU” yuk mashinasida yongʻin kelib chiqqan, deya xabar beradi FVV Axborot xizmati.
“Qamchiq” Maxsus qidiruv, yongʻin-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari va YPX yonayotgan mashinani soat 06:07 da oʻchirishgan. Hodisa oqibatida xalok boʻlganlar yoʻq.