Hokim Tokio-2020 yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olgan sportchilarni taqdirladi

    Sport 4 Iyul 2021 1303

    Shu yil 2-iyul kuni Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasida “Yoshlar — bizning kelajagimiz!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.

    Unda ishtirok etgan Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov yoshlarga oʻzining samimiy tilaklarini izhor qildi.

    Shuningdek, tadbirda D.Hidoyatov tomonidan Tokio-2020 yozgi Olimpiya hamda Paralimpiya oʻyinlariga yoʻllanmalarni qoʻlga kiritgan bir guruh Toshkent viloyati sportchilariga uy, “Spark” rusumli avtomobillar hamda pul mukofotlari topshirildi.

    Tantanali bayramda el ardogʻidagi sanʼatkorlar ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

    Jumladan, tadbirda parasuzish sportidan Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olgan Islam Aslanovga 2 xonali uy, taekvondo WT boʻyicha terma jamoa aʼzosi Svetlana Osipova hamda yunon-kum kurashchisi Elmurod Tasmuradovlarning har biriga “Spark” avtomobili, paralimpiyachilarimiz Shahnoza Mirzayeva hamda Haitmurod Sherqoʻziyevlarga 50 million soʻmdan pul mukofoti, Saidjabbor Dadaxonovga esa zamonaviy sport velosipedi sovgʻa qilindi.

    Fursatdan foydalanib, Tokio-2020 yozgi Olimpiya hamda Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan barcha sportchilarimizga omad tilaymiz.