Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.Sh. fuqaro B.ning ishonchiga kirib, unga Toshkent tuman hokimligi zaxirasida boʻlgan 14 sotix yer maydonini goʻyoki “Z.” ismli tanishi orqali 8 000 AQSH dollari evaziga unga egalik qilish huquqini beruvchi qarorni chiqartirib berishni vaʼda qilib, shundan 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) va bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.