"2022 yil 30 noyabr kuni 05:30 lar chamasi 102 qisqa raqami orqali kelib tushgan xabarga ko‘ra, Sariosiyo tumani M41 avtomobil yo‘lining 1460 km,  “Shahriobod” mahallasi hududida 1980 yilda tug‘ulgan fuqaro R.K. boshqaruvida bo‘lgan "Jiguli VAZ-2106" rusumli  75 F 886 HA davlat raqam belgili avtomashinasi bilan “Denov-Chegara” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarish vaqtida, shu yo‘nalishda harakatlanib  ketayotgan  “Nazarsoy” fermer xo‘jaligiga tegishli 763 bosh qo‘ylarning 30 tasini urib yuborgan.

Hozirda holat yuzasidan Sariosiyo tumani IIB YHXG masul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda", — deyiladi rasmiy izohda.