“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax shahar filiali xodimasi pora bilan ushlandi

    U Zomin tumanida yashovchi fuqaroga Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Jizzax filialiga ishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan.

    Qayd etilishicha, Jizzax viloyati huquq tartibot idoralari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax shahar filiali xodimasi “N.S.O.”, Zomin tumanida yashovchi fuqaro “N.Q.J.”ni, AJning Jizzax filialiga ishga kiritib qoʻyish evaziga, undan 1000 AQSH dollarini olayotgan vaqtida jinoyat ustida qoʻlga olindi.

    Hozirda, fuqaro “N.S.O”ga JKning tegishli moddalari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.