Qayd etilishicha, shu yilning 7-aprel kuni Andijon viloyati Baliqchi tumani Energiya savdo boʻlimi xodimi I.I.A, Baliqchi tumanida yashovchi fuqaro K.Sning 20 mln. soʻm miqdoridagi elektr-energiyasidan boʻlgan qarzdorligini rahbariyati orqali bartaraf qilib berishini aytib, fuqaro K.Sdan jami 5.7 mln. soʻm va 100 AQSH dollar olgan vaqtida protsessual tartibda ushlandi.

Holat boʻyicha Baliqchi tuman prokuraturasi tomonidan I.I.Aga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.