“Hududiy elektr tarmoqlari”: elektr energiyasi uchun toʻlovlarda uzilishlar boʻlishi mumkin

    “Hududiy elektr tarmoqlari” elektr energiyasi uchun onlayn toʻlovlarni amalga oshirishda texnik uzilishlar boʻlishidan ogohlantirdi.

    Bu haqda “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yangi “HET BILLING” dasturiy kompleksi ishga tushirilishi munosabati bilan shu yilning 31-iyul soat 23:50dan 5-avgust soat 22:00gacha maʼlumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib boriladi.

    Maʼlumotlarga koʻra, mazkur vaqt oraligʻida elektr energiyasi uchun onlayn toʻlovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud maʼlumotlarni olishda texnik uzilishlar boʻlishi, shu bilan birga isteʼmolchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor isteʼmolchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmaydi.

    Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr soʻraymiz, — deyiladi xabarda.