- fuqarolarning chaqiruvlarini qabul qilish va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash, ularga bepul asosda shoshilinch, tez va kechiktirib boʻlmaydigan yordamni tashkil etish va koʻrsatish;
- shoshilinch yordam koʻrsatishni boshqarish va muvofiqlashtirish;
-vazirlik va idoralarning shoshilinch xizmatlari tomonidan fuqarolarga oʻz vaqtida yordam koʻrsatilishi yuzasidan tizimli nazorat yuritish;
- vazirlik va idoralarning shoshilinch xizmatlari oʻrtasida yaqindan axborot almashinuvi boʻyicha tezkor oʻzaro hamkorlikni taʼminlash.
“112” yagona dispetcherlik xizmati quyidagi muddatlarda bosqichma-bosqich ishga tushiriladi:
- 2024-yil 1-iyundan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida;
- 2024-yil birinchi yarim yilligida Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida;
- 2024-yil yakuniga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va qolgan viloyatlarda.