- fuqarolarning chaqiruvlarini qabul qilish va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash, ularga bepul asosda shoshilinch, tez va kechiktirib boʻlmaydigan yordamni tashkil etish va koʻrsatish;

- shoshilinch yordam koʻrsatishni boshqarish va muvofiqlashtirish;

-vazirlik va idoralarning shoshilinch xizmatlari tomonidan fuqarolarga oʻz vaqtida yordam koʻrsatilishi yuzasidan tizimli nazorat yuritish;

- vazirlik va idoralarning shoshilinch xizmatlari oʻrtasida yaqindan axborot almashinuvi boʻyicha tezkor oʻzaro hamkorlikni taʼminlash.

“112” yagona dispetcherlik xizmati quyidagi muddatlarda bosqichma-bosqich ishga tushiriladi:

  • 2024-yil 1-iyundan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida;
  • 2024-yil birinchi yarim yilligida Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida;
  • 2024-yil yakuniga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va qolgan viloyatlarda.