Hududlarda aholiga elektron xizmatlar koʻrsatish sifati oshiriladi

    2025-yil 1-noyabrdan mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari, toʻlov tashkilotlariga mobil ilovalar orqali YAIDXP (Yagona portal)dagi pulli elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish imkoniyati yaratiladi.

    Bu haqda Prezidentning “Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (PQ–286-son, 16.09.2025-y.)da belgilangan.

    Qarorga koʻra, “Raqamli hukumat” dasturi doirasida 41 ta ustuvor loyihani ishga tushirish, elektron davlat xizmatlari ulushini 70 foizga yetkazish tizimni 2025–2026-yillarda rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.

    2026-yil 1-yanvardan fuqarolarning ijtimoiy yordam koʻrsatish boʻyicha murojaati, mahallalardagi oilalar va aholi maʼlumotlarini yuritish hamda mahallalarda aholi bilan ishlash jarayonlari “Raqamli mahalla” platformasi orqali amalga oshiriladi.