Farmonga koʻra, ushbu Farmonning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- IT sohasiga investitsiyalarni keng jalb qilish hamda xalqaro darajada raqobatbardosh va jozibador ekotizimni shakllantirish;
- raqamli yechimlar va innovatsiyalar boʻyicha ilgʻor mahalliy kompaniyalar faoliyatini ragʻbatlantirish va malakali kadrlar tayyorlash.
“Enterprise Uzbekistan” raqamli texnologiyalar xalqaro markazi (Markaz) tashkil etilgan.
Farmonga koʻra, Markaz hududida quyidagi faoliyat turlariga ruxsat etiladi, jumladan:
- dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, raqamli texnologiyalar sohasida konsalting va autstaffing xizmatlarini koʻrsatish;
- raqamli texnologiyalardan foydalangan holda autsorsing asosida masofaviy xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan, biznes jarayonlar autsorsingi (VRO);
- video oʻyinlar (GameDev) yaratish, ular uchun raqamli kontent ishlab chiqish, jumladan, grafik dizayn, video va audiokontent yaratish va tahrirlash;
- sunʼiy intellekt texnologiyalarini yaratish va rivojlantirish.
Markaz Angliya va Uels umumiy huquq normalari va prinsiplariga yoki yetakchi xalqaro moliya markazlari standartlariga asoslangan maxsus huquqiy rejimga ega alohida hudud sifatida eʼtirof etiladi.