Namangan viloyati Norin tumanida istiqomat qiluvchi 1961 y.t. fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, u 1 kg 595 gr “marixuana” giyohvandlik vositasini kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Chortoq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa 1973 y.t. shaxs kelgusida sotish maqsadida o‘ziga tegishli qo‘shimcha tomorqada 839 tup kannabis o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Samarqand viloyatining Urgut tumanida istiqomat qiluvchi 1995 y.t. shaxs Toyloq tumani hududida avtomashinada harakatlanayotgan vaqtida to‘xtatilib tekshirilganda, undan 20 gr “geroin” moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Xorazm viloyatida qayd etilgan holatda, Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi 1962 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs ham 36 tup kannabis o‘simligini yetishtirayotganligi aniqlandi.
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida istiqomat qiluvchi 1973 y.t. muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan fuqaro o‘z hovlisida issiqxona tashkil etib, unda 22 tup kannabis o‘simligini parvarishlayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Bu kabi holat Andijon viloyatida ham kuzatilib, xususan, Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi 1965 y.t. shaxs o‘z tomorqasida 10 tup kannabis o‘simligini parvarishlab kelgan.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.