Hududlarda obodonlashtirish, tozalikni taʼminlash boʻyicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi

    Hududlarda obodonlashtirish, tozalikni taʼminlash boʻyicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi belgilandi.

    Har bir viloyatdagi 2 tadan, jami 26 ta tumanda tajriba tarzida obodonlashtirish boshqarmalari vazifalari xususiy sheriklik asosida chiqindi korxonalariga oʻtkaziladi.

    Bunda, tadbirkorlar oʻziga biriktirilgan hududda daraxt va gullar ekish, ularni parvarishlash, ariqlarni tozalash, koʻchalarni yoritish bilan birga chiqindilarni olib ketish bilan ham shugʻullanadi. Bir soʻz bilan aytganda, tadbirkorlar tumandagi umumiy obodonlashtirish bilan shugʻullanadi va shunga yarasha haq oladi.

    Yil yakunigacha yangi tajribani sinovdan oʻtkazib, 2025-yildan barcha tuman va shaharlarda yoʻlga qoʻyish zarurligi qayd etildi.