Xususan, xorijiy mamlakatdan yurtimizga olib kelingan xoʻjalik mollari Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan tegishli tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.
Natijada, yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan, umumiy qiymati 950 million soʻmlik mato hamda plastmassa sumkalar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.