Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Volgograd shahridagi vakilligiga 17 nafar yurtdoshimiz ish beruvchidan hujjatlari va ish haqlarini qaytarishda yordam soʻrab murojaat qilgan.

Murojaatni oʻrganish davomida ish beruvchi muzokara oʻtkazishdan bosh tortdi. Shundan soʻng bu haqda Rossiya Federatsiyasining Volgograddagi huquq-tartibot idoralariga xabar qilinib, bayonnomalar tuzildi.

Maʼlumot va koʻrsatmalar tuman militsiyasiga topshirilgandan keyin ish beruvchi fuqarolarga pasportlarini qaytarib berdi.

Fuqarolarning 425 ming rubl miqdoridagi ish haqini undirish uchun Rossiya Federatsiyasi tergov qoʻmitasiga murojaat qilindi.