Dastlabki reyslarning amalga oshirilishi munosabati bilan Toshkent aeroportida tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, unda vazirlik va idoralar, “Uzbekistan Airports”, “Humo Air” aviakompaniyasi vakillari, jurnalistlar, blogerlar va aviaspotterlar ishtirok etdi.

Bugun mahalliy vaqt bilan soat 06:41 da Toshkent - Nukus yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reys amalga oshirildi. Kun davomida poytaxtdan Qarshi, Samarqand va Urganch aeroportlariga ham parvozlar amalga oshirildi. Haftaning boshqa kunlarida aviakompaniya Navoiy, Termiz, Buxoro va Farg‘ona shaharlariga ham parvozlarni rejalashtirmoqda. Aviakompaniya xabar berishicha, ichki yo‘nalishlarga chiptalar narxi 99 ming so‘mdan boshlanadi.

Aviakompaniya tomonidan 2024-yilda Olma-ota, Istanbul va Dubay kabi shaharlarga xalqaro reyslarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.