Filial samarali faoliyatini tashkil etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ham tasdiqlandi. Mazkur filialda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash“ soha mutaxassisligi boʻyicha yuridik kadrlarni tayyorlash bakalavriatining uch yillik dasturi boʻyicha diplom berilgan holda amalga oshiriladi. Filialda ”Huquqbuzarlik profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash mutaxassisligi boʻyicha oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan kadrlar ham qayta tayyorlanadi. Bu filial bakalavriatiga qabul kvotasi yilliga 255 kishilik, 6 oylik kursga esa 50 kishini tashkil etadigan hamda oʻqish davlat grantlari asosida amalga oshiriladi.

Filial diplomi ichki ishlar organlariga ichki ishlar vazirligi Akademiyasida maxsus kasbiy tayyorgarlikni oʻtmasdan, “ leytenat” maxsus unvoni berilgan holda xizmatga qabul qilish uchun asos boʻladi. Bakalavriant dasturi boʻyicha filialda qabul tanlov asosida amalga oshiriladi. Qomusiy olim, ulugʻ ajdodimiz Abu Nasr Forobiy “Taʼlim, degan soʻz xalqlar va shaharliklar oʻrtasida nazariy fazilatni birlashtirish tarbiya esa shu xalqlar oʻrtasidagi tugʻma fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish degan soʻzdir”, degan edi. Ixtisoslashtirilgan filial hayotiga nazar solar ekanmiz, Sharqning oʻziga xos sirli va nozik jihatlari borligi oʻzimiz va taʼlim olayotgan talabalar uchun yangilik emasdek tuyuladi.

Aslida, taʼlim ildizi ming-ming yillar davomida yurtimizda oʻz isbotini topgan va tan olingan haqiqatga aylangan. Shu bois ham, Sharq madaniyati va maʼnaviyatiga gʻarbning har qanday yangiligi “yulduz” boʻlolmaydi, ammo bir-biridan oʻrganish, yaxshi jihatlarni bir-biridan andoza olishi bor gap. Muammoning ana shu jihatlarini inobatga olganda, dunyodagi rivojlangan mamlakatlar taʼlim tizimidan andoza olib, uni oʻzimizning oliy qadriyatlarimiz bilan boyitib, amalda tadbiq etish katta samarali ish ekanligini ham unutmaymiz. Xulosalarga koʻra, ixgʻisoslashtirilgan filialimiz hayotida bir saoatlik dars, goʻyo butun bir maʼnaviyat sabogʻi deyish mumkin.

Dargohda mustaqil taʼlim, sport mashgʻulotlari, xorijiy tillarni oʻqitish, xalqaro hamkorlik ishlari va madaniyat va maʼrifat tadbirlari, nazariya va amaliyot uygʻunligi, shuningdek, amaliy mashgʻulotlar doimiy olib boriladi. Darvoqe, jamiyatda adolat birinchi oʻrinda turishi kerak. Chunki bu narsa taʼlim va tarbiyadir. Agar biz muhit sharoitini va tarbiyani, shunday taʼlim maskanlarini yanada koʻpaytirsak, har qanday xarakterni tarkib toptirishimiz mumkin. Olam sirlarini oʻrgangan donishmandlarimiz fikricha Amerikani qayta kashf etish shart emas, barchasi ochiq-oydin bayon etilgan. Madomiki, pedagogika uchun birinchi ilm emas, maʼnaviyat ham, taʼlim ham emas, balki tarbiya muhim ekanligi oʻz isbotini topmoqda.

Zero, faqat tarbiyali bola aʼlo oʻqishi, vatanparvar sifatida shakllanishi, qonunlarga rioya etishi, oʻz mamlakati taraqqiyotiga jonkuyar sifatida faoliyat yuritishi kabi xislatlarga ega boʻladi. Millat ulugʻligi yosh avlod taʼlim-tarbiyasida mana shunday oʻquv dargohlari misolida yanada oʻz nufuzini oshirib boradi. Aqliy kamoloti va axloqiy barkamolligi biz huquqshunoslar uchun ham oliy maqsaddir. Insonning nodir baxti ham shundaki, hayotda oʻzi sevgan ishi mashgʻul boʻlishi kerak.

Maʼmura Allanazarova,

Toshkent davlat yuridik universiteti

Ixtisoslashtirilgan filiali oʻqituvchisi