Reytingga koʻra, Husanov 36,27 km/soat tezlik bilan 2024/25-yilgi mavsumda eng yuqori tezlik koʻrsatgan futbolchilar roʻyxatida 8-oʻrinni egalladi. Himoyachi chempionatning 28-turi doirasidagi “Nottingem Forest”ga qarshi bahsda ushbu natijani qayd etgan.
Nashr maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan mavsumda Premer Liganing eng tezkor futbolchisi — “Tottenhem” himoyachisi Mikki van de Ven boʻlgan. Niderlandiyalik futbolchi 37,38 km/soat tezlik bilan reytingda birinchi oʻrinni egallagan. Ikkinchi pogʻonani “Nyukasl”ning yangi aʼzosi, shvetsiyalik Entoni Elanga band etdi — u 36,65 km/soat tezlikda harakatlangan. Aynan shu natijani qayd etgan Brayan Mbeumo (“Brentford”) kuchli uchlikni yakunladi.
Premer Liganing eng tezkor futbolchilari (2024/25):
- Mikki van de Ven — “Tottenhem”: 37,38 km/soat
- Entoni Elanga — “Nyukasl” / “Nottingem Forest”: 36,65 km/soat
- Bryan Mbeumo — “Brentford”: 36, 65 km/soat
- Karlos Borjes — “Vulverhempton” / “Ayaks”: 36,58 km/soat
- Yankuba Minte — “Brayton”: 36,40 km/soat
- Uilson Odober — “Tottenhem”: 36,36 km/soat
- Abduqodir Husanov — “Manchester Siti”: 36,27 km/soat
- Emmanuel Agbadu — “Vulverxempton”: 36,15 km/soat
- Erling Holand — “Manchester Siti”: 36,01 km/soat
- Markus Reshford — “Manchester Yunayted”: 35,35 km/soat
Maʼlumot uchun, Abduqodir Husanov 2025-yilning qishki transferlar oynasi vaqtida Fransiyaning “Lans” klubidan “Manchester Siti”ga oʻtgan edi. U “shaharliklar” safida Angliya Premyer Ligasi doirasidagi 6 bahsda maydonga tushgan. Shuningdek, Angliya Kubogida 2 ta, Chempionlar Ligasi hamda Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatida bittadan uchrashuvda ishtirok etgan. Himoyachining “Siti” bilan shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar amal qiladi.









