Reytingga koʻra, Husanov 36,27 km/soat tezlik bilan 2024/25-yilgi mavsumda eng yuqori tezlik koʻrsatgan futbolchilar roʻyxatida 8-oʻrinni egalladi. Himoyachi chempionatning 28-turi doirasidagi “Nottingem Forest”ga qarshi bahsda ushbu natijani qayd etgan.

Nashr maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan mavsumda Premer Liganing eng tezkor futbolchisi — “Tottenhem” himoyachisi Mikki van de Ven boʻlgan. Niderlandiyalik futbolchi 37,38 km/soat tezlik bilan reytingda birinchi oʻrinni egallagan. Ikkinchi pogʻonani “Nyukasl”ning yangi aʼzosi, shvetsiyalik Entoni Elanga band etdi — u 36,65 km/soat tezlikda harakatlangan. Aynan shu natijani qayd etgan Brayan Mbeumo (“Brentford”) kuchli uchlikni yakunladi.

Premer Liganing eng tezkor futbolchilari (2024/25):

  1. Mikki van de Ven — “Tottenhem”: 37,38 km/soat
  2. Entoni Elanga — “Nyukasl” / “Nottingem Forest”: 36,65 km/soat
  3. Bryan Mbeumo — “Brentford”: 36, 65 km/soat
  4. Karlos Borjes — “Vulverhempton” / “Ayaks”: 36,58 km/soat
  5. Yankuba Minte — “Brayton”: 36,40 km/soat
  6. Uilson Odober — “Tottenhem”: 36,36 km/soat
  7. Abduqodir Husanov — “Manchester Siti”: 36,27 km/soat
  8. Emmanuel Agbadu — “Vulverxempton”: 36,15 km/soat
  9. Erling Holand — “Manchester Siti”: 36,01 km/soat
  10. Markus Reshford — “Manchester Yunayted”: 35,35 km/soat

Maʼlumot uchun, Abduqodir Husanov 2025-yilning qishki transferlar oynasi vaqtida Fransiyaning “Lans” klubidan “Manchester Siti”ga oʻtgan edi. U “shaharliklar” safida Angliya Premyer Ligasi doirasidagi 6 bahsda maydonga tushgan. Shuningdek, Angliya Kubogida 2 ta, Chempionlar Ligasi hamda Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatida bittadan uchrashuvda ishtirok etgan. Himoyachining “Siti” bilan shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar amal qiladi.