Yakshanba kuni issiq biroz pasayadi. Harorat 2–3 darajaga tushib, kunduzi 35–38 daraja atrofida boʻlishi kutilmoqda. Kechalari havo harorati 21–26 daraja boʻladi.
Shu kunlarda havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat bugun kunduzi respublikaning togʻli hududlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi va momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi ehtimoli bor.
Poytaxtda bugun va dam olish kunlari havo kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati kechalari 23–26 daraja, bugun va ertaga kunduzi 38–40 daraja, yakshanba kuni esa 36–38 daraja boʻladi.
Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamol tezligi 10–14 m/s gacha kuchayishi va chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin.