Dunyodagi pandemiya oqibatida yuzaga kelgan qaltis vaziyatda vaksinatsiya ishlab chiqish jarayonlarida ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining ishlab chiqilishi va qoʻllanilishida Innovatsion rivojlanish vazirligining ham bevosita ishtiroki, shuningdek, uning klinik tadqiqotlariga qoʻshgan hissasi natijasida Oʻzbekiston vaksinaning hammuallifi sifatida eʼtirof etildi.

— ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yetib kelishidan to xududlardagi 3 ming 138 ta emlash punktlariga yetib borib aholi emlangunga qadar “sovuq zanjir” tizimi ushlab turildi, deydi Innovatsion rivojlanish vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov. – Tan olish kerakki, vaksinaning ilk sinovlari butun dunyo tajribasi doirasidan kelib chiqib amalga oshirilgan boʻlsada, natijalar haqida koʻpgina savollarga javobimiz yoʻq edi.

Natijalar qanday boʻladi, tadqiqotlarni qay darajada amalga oshiramiz? Nega endi tajribani Oʻzbekistonda oʻtkazish kerak kabi savollar qurshovida qolganmiz. Vaksinaning 3-klinik sinovlari tahlikali vaziyatda boshlandi. Ammo endi tadqiqotlarni qay darajada amalga oshirish kerak, qanday xatolarga yoʻl qoʻydigu, shu xatolarning yechimi haqida oʻylashga endi vaqtimiz bor. Jarayon boʻyicha har qanday savolga javobimiz bor. Biz katta tajribaga ega boʻldik. Dunyo miqiyosida bir necha mamlakatlarda 29 ming kishi mana shu tadqiqotlarda ishtirok etgan boʻlsada, lekin Xitoy respublikasi birinchilardan boʻlib bizga muloqotga chiqishgan, hamkorlik taklif qilishgan.

Muhayyo Toshqorayeva