Ibroyim Yusupov haqidagi “Ashiq ayaz” hujjatli filmi premyera qilindi

    Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Qoraqalpoqfilm” studiyasi hamda Toshkent davlat kimyo texnologiya instituti bilan hamkorlikda suratga olingan.

    Bugun Adiblar xiyobonida Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Ibroyim Yusupov haqidagi “Ashыq ayaz” hujjatli filmi namoyish qilindi. Film Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Qoraqalpoqfilm” studiyasi hamda Toshkent davlat kimyo texnologiya instituti bilan hamkorlikda suratga olingan.

    Mazkur film Oʻzbekiston Respublikasi Pezidentining tashabbusi bilan suratga olinayotgan “Xalq yuragi” turkum filmlaridan biri. Ssenariy muallifi Muratbay Nizanov, rejissyor Aziz Askarov, operator Asenbay Askarov.

    Kuni kecha Alisher Navoiy, Bobur, Abdulla Oripov, Gʻafur Gʻulom kabi filmlar premyera qilingan edi. Namoyishlar 29-sentyabrga qadar davom etadi.

    Premyeralar Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida oʻtkazilmoqda.

    Kinematografiya agentligi Axborot xizmati