Hozirgi kunda noyob muzey ashyolarining koʻpchilik qismini 3D koʻrinishlari tayyor holatga keltirildi va ularni respublika muzeylarning yagona portaliga joylashtirishga moslashtirish ishlari yakunlanmoqda. Tez kunlarda muzey ilmiy xodimlari ularni oʻzbek, rus, ingliz tillaridagi tavsifini shakllantirishga kirishadi.

Loyiha amalga oshirilganidan keyin dunyoning istalgan burchagidan muzeyimizga masofadan turib tashrif buyurish va muzey ashyolarini vizual koʻrinishlari haqida axborot olish imkoni yaratiladi. Eng zamonaviy ushbu uslub hozirgi fan-texnika rivojlangan zamonda xorijiy sayyohlar va mahalliy aholini ayniqsa, yoshlarni qiziqishini oshiradi va virtual sayohat qilganlar keyinchalik muzeylarga bevosita tashrif buyurishiga zamin yaratadi. Bu esa oʻz navbatida muzeyimizni jozibadorligini, targʻibot, tashviqot ishlari sifatini oshiradi hamda muzey marketingida katta qadam boʻlib, kelgusida muzey qoʻriqxona faoliyati, binobarin, muzeyga tashrif buyuruvchilar sonini kengaytirishga turizmni rivojlantirish, iqtisodiyotni yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi, deb fikr bildiradi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.