Ushbu ayanchli voqeaga Qashqadaryo prokuraturasi rasmiy izoh berdi.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Marhumning oʻlimi sabablarini aniqlash boʻyicha tegishli ekspertizalar tayinlangan.
Jinoyat ishi tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.