Tekshiruvda “S.C.” MCHJ rahbari N.A. “Suv ta'minoti va oqava suv ob'ektlari qurilishi bo'yicha injiniring kompaniyasi” UK Andijon viloyat hududiy boshqarmasi mas'ul shaxslari bilan o'zaro til biriktirib, tumandagi “Qoraqo'rg'on” MFYda aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash bo'yicha amalda bajarilmagan ishlarni qo'shib yozish orqali 249,2 mln so'mni o'zlashtirish yo'li bilan talon-toroj qilganlikalari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.