Jumladan, Uchqoʻrgʻon tumani IIB JTSG VSʼH safdor xodimining 2020-yilda tugʻilgan farzandi oʻng oyogʻini joriy yilning 5-yanvar kuni jarrohlik operatsiyasi qilinganligi, muolaja uchun 5 million soʻm pul mablagʻi sarflaganligi, jarrohlik operatsiyasining ikkinchi bosqichi bir oy davomida amalga oshirilishi kerakligi sababli xodim ijtimoiy koʻmakka muhtojligi aniqlangan.
Mazkur holat boʻyicha tuman ichki ishlar boʻlimi shaxsiy tarkibi tomonidan ixtiyoriy ravishda yordam berish choralari rejalashtirilib, yashash hududidagi 39-sonli oilaviy poliklinika rahbarlari bilan hamkorlikda doimiy nazoratga olinib, oʻrnatilgan tartibda amaliy yordam berish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, Chortoq tumani IIB HPB profilaktika inspektorining 2011-yilda tugʻilgan farzandi tugʻma nogironligi, hozirda 10 yoshga toʻlgan boʻlsa-da, oʻzi mustaqil yura olmasligi koʻrilib, unga nogironlik aravachasi sovgʻa qilindi.

Boshqarma YHXB YPXB 2-safarbarlik guruhi YPX inspektorlarining ham oilaviy sharoiti oʻrganilganda ularning otasi va ukasi 1-guruh nogironi boʻlib, yurish qobiliyati yoʻqolganligi aniqlandi.
Shifokorlar bilan hamkorlikda ularning holidan xabar olinib, bepul dori-darmonlar berildi va salomatliklari doimiy ravishda nazoratga olindi.
Yangiqoʻrgʻon tumani IIB HPB profilaktika katta inspektori hozirda “Nurafshon” MFYda xizmat koʻrsatib oila-aʼzolari bilan birgalikda xizmat uyida yashab kelayotganligi, 4 nafar farzandi borligi, turmush oʻrtogʻi X.Sultonova hech qayerda ishlamayotganligi aniqlangan.

Shunga koʻra, X.Sultonovani ishga joylash masalasi koʻrib chiqilib, uni Nurafshon MFYda joylashgan Yangiqoʻrgʻon tuman maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli “SVETA BOLAJON” nomli Davlat xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga tarbiyachi etib ishga qabul qilinishi taʼminlandi.
Bundan tashqari, tarbiyaviy-profilaktikaga muhtoj boʻlgan barcha xodimlarning oilaviy sharoitlari ularga biriktirilgan murabbiylar tomonidan oʻrganilib, ularning kelgusida xizmat olib borishlari davomida, xizmat intizomi va qonunchilikni buzmasliklari toʻgʻrisida, ota-onalari va turmush oʻrtoqlari bilan yakka tartibda suhbatlar oʻtkazildi.

Ushbu tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad xodimlar orasida xizmat intizomi qonunchilik buzilishini oldini olish, ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlar oilasidan xabar olish bu orqali ularni kasbiga sadoqat, xizmat qilayotgan jamoasiga ishonch tuyg'ularini yanada oshirish hamda ular qalbida IIO tizimiga bo'lgan faxrni yuksaltirishdir.
Feruza Otaxonova