polkovnik

Saidov Olim Chorikulovich

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi oʻrinbosari – yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar O.Saidov IIV Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

 

polkovnik
Berdialiyev Baxtiyor Erkinovich

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi oʻrinbosari – huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar B.Berdialiyev IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

 

podpolkovnik
Azizov Davron Abduganiyevich

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi oʻrinbosari – jamoat tartibini saqlash xizmati boshligʻi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar D.Azizov IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshligʻi oʻrinbosari-huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini tashkil etish boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

polkovnik
Orinbayev Amanbay Tleubayevich

IIV Probatsiya xizmati boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar A.Orinbayev IIV Jamoat tartibini saqlash xizmati boshligʻining 1-oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

IIV Axborot xizmati