Karonavirus pandemiyasi turizm sohasiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Jahon turizm tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, 2020 yil yakunlariga ko'ra xalqaro sayohatlar soni 89 % ga, ish o'rinlari 74 milliontaga qisqarishi, sohadagi jami yo'qotishlar 800 mlrd dollarni tashkil etishi kutilmoqda. 

Ma'lumki 16 mart sanasidan mamlakatimiz tashqi va ichki turistlar uchun yopilgan edi. Oqibatda respublika bo'yicha 1,5 mingdan ortiq turoperator, 1,2 ming mehmonxona o'z faoliyatini to'xtatilgan edi.  

Pandemiya davrida barcha soha kabi turizm sohasida ham karantin tartib qoidalarini bosqichma-bosqich yumshatilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonidan joriy yilning 28 may kuni imzolangan "Koronavirus pandemiyasining salbiy ta'sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo'llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmonida turizm sohasiga imtiyoz va preferensiyalar berish kerakligini qayd etgandi. Unga ko'ra Respublikamizda 2020 yilning 1 iyunidan “yashil” va “sariq” hududlarda karantin talablariga qat'iy rioya qilgan holda ichki turizmga ruxsat berilishi bilan birgalikda yondosh tashkilotlarning (turoperatorlar, turagentliklar, joylashtirish vositalari, madaniyat va madaniy meros ob'ektlari hamda boshqalar) faoliyatini boshlashi ta'kidlandi. 

- Unga ko'ra viloyatning tog'li hududlari Nurota tumani tog' tizmalari, Navbahor tumani Sarmishsoy darasi hamda viloyatdagi suv havzalarida, ya'ni Nurota tumani Aydarko'l, Qiziltepa tumanidagi To'dako'l sohillaridagi mavjud dam olish maskanlarini ishga tushurish, mazkur hududlarda ichki turizmni yo'lga qo'yish maqsadga muvofiq, - deydi Navoiy viloyati turizmni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i Javlon Hasanov. - SHuningdek, tog'li joylar va ko'l bo'ylarida engil konstruktsiyali dam olish maskanlarini tashkil etish maqsdga muvofiqdir. Bunda hokimlar bilan birgalikda ko'chma dam olish maskanlari dislokatsiyasi tasdiqlanib, elektron portalga joylashtiriladi. 

Ichki turizmni amalga oshirish viloyatidagi turkompaniyalar bilan hamkorlikda , qattiq sanitariya-gigiena tartib qoidalariga rioya qilgan holda tashkil etilishi, aholi salomatligi uchun har tomonlama muhafaza qilishga erishiladi. 

Abduvali Bo'riev,

O'zMTDP Navoiy viloyati

Kengashi matbuot kotibi