Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida joriy yilning 9-dekabr kuni Turizm va sport sohalaridagi vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilib, unda xorijiy va mahalliy turistlar sonini koʻpaytirish hamda ziyorat turizmi rivojiga alohida eʼtibor berish zarurligi taʼkidlab oʻtilgan edi.

Shunga koʻra,15-dekabr kuni Buxoro viloyati turizmni rivojlantirish departamenti xodimlari tomonidan Jizzax viloyati turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi va boshqa bir qator tashkilotlar ishtirokida ichki turizmni rivojlantirish boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi.

Ushbu seminar davomida Jizzax va Buxoro viloyatlari oʻrtasida ziyorat turizmini rivojlantirish, ichki turizm salohiyatini yana-da oshirish hamda buning uchun koʻplab qulayliklar yaratilishi toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirilib, turistik maskan va obyektlarni koʻpaytirish haqida ham takliflar berildi.

– Ichki turizm salohiyatini yangi bosqichga koʻtarish, jumladan, ziyorat turizmi rivojiga bagʻishlangan ushbu uchrashuv nafaqat Jizzax va Buxoro viloyatlari, balki yurtimiz turizm sohasi kelajagi uchun muhim voqea boʻldi, – dedi Jizzax viloyati turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi boshligʻi Azizbek Egamberdiyev.