Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan Zomin tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.M. fuqaro Yu.Q.ga tanishlari yordamida “IELTS” yoki “CEFR” sertifikatlaridan birini olib berish evaziga 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.