Shu bilan birga, xalqaro tashkilot milliy valyutadagi moliyalashtirish, mamlakatdagi yetakchi davlat banklaridan birini raqobatdosh xususiy tijorat bankiga aylantirishda yordam beradi.

 Ushbu sarmoya «IFC»ning Oʻzbekistondagi xususiylashtirish dasturini qoʻllab-quvvatlash va davlat banklari soni koʻp boʻlgan mamlakatning bank sektoriga xususiy investitsiyalarni jalb qilishdagi strategik ustuvor yoʻnalishlardan birini aks ettiradi.

— Oʻzbekiston bilan «IFC» oʻrtasidagi ushbu hamkorlik yaqinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan bank tizimini isloh qilish strategiyasiga muvofiqdir, – deydi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Jamshid Qoʻchqorov. — «IFC» tomonidan taqdim qilinayotgan moliyalashtirish oʻtgan uch yil davomida Ipoteka banki tomonidan olib borilgan, bank amaliyotlarini tijoratlashtirish va uni mustaqil ravishda faoliyat koʻrsatadigan moliyaviy institutga aylantirishga qaratilgan choralarning muhim eʼtirofidir.