II Xalqaro Baxshichilik sanʼati festivali tanlovi gʻoliblari kimlar?

    Madaniyat 22 Sentabr 2021 1491

    Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida II Xalqaro Baxshichilik sanʼati festivali oʻtkazildi.

    Markaziy Osiyo madaniyati sivilizatsiyasida muhim oʻrin tutgan ushbu sanʼat bayramida dunyoning turli davlatlaridan kelgan 260 dan ziyod xalq ijodiyoti namoyandalari, sanʼat va madaniyat arboblari ishtirok etdi.

    II Xalqaro Baxshichilik sanʼati festivali doirasida tanlov oʻtkazilib, gʻoliblar quyidagi nominatsiyalar boʻyicha aniqlandi:

    “Milliy sanʼatini targʻiboti uchun” nominatsiyasi sovrindori — Timko Chichakovski (Makedoniya);

    “Baxshichilik sanʼati festivalining yoshi ulugʻ ishtirokchisi” nominatsiyasi sovrindori — Drajik Bugarin (Serbiya);

    “Xalqlarning qadimiy meros targʻibotchisi” nominatsiyasi sovrindori — Nusrat Ansariy (Hindiston);

    “Ajdodlarning unutilayotgan urf-odatlarini tarannum etgani uchun” nominatsiyasi sovrindori — Tolgaxan Tiktash (Turkiya);

    “Baxshichilik sanʼati orqali doʻstlik rishtalarini tarannum etgani uchun” nominatsiyasi sovrindori — Talgat Urinbekov (Oʻzbekiston);

    “Hayʼat aʼzolarining mehrini qozongan ishtirokchi” nominatsiyasi sovrindori — Muqimjon Kamolov (Tojikiston);

    “Anʼanalarga sodiq baxshi” nominatsiyasi sovrindori — Qahhor Raximov (Oʻzbekiston);

    “Muxlislar eʼtirofiga sazovor boʻlgan eng yaxshi ishtirokchi” nominatsiyasi sovrindori — Kelema (Madagaskar);

    “Qadriyatlar davomchisi” nominatsiyasi sovrindori — Ravshan Mamatmuratov (Oʻzbekiston);

    “Baxshichilik sanʼati jonkuyari” nominatsiyasi sovrindori — Bahrom Raximov (Oʻzbekiston);

    “Baxshichilik sanʼati festivalining eng yaxshi targʻibotchisi” nominatsiyasi sovrindori — “Oʻzbekiston-24” telekanali muharriri Zebo Toʻxtayeva, operator Ahmad Bayzullayev;

    “Baxshichilik sanʼati festivalining eng yaxshi targʻibotchisi” nominatsiyasi sovrindori —“Oʻzbekiston-24” telekanali muharriri Karina Nizamudinova, operator Abbos Abdusattorov.

    Shuningdek, quyida Baxshichilik tanlovida sovrinli oʻrinlarga ega boʻlgan gʻoliblar quyidagilar:

    3-oʻrin

    Samad Kochobayev (Qirgʻiziston);

    “Kaukasus” guruhi (Gruziya);

    Xosseyin Geylan (Eron);

    Baxshiqul Togʻayev (Oʻzbekiston).

    2-oʻrin

    Elmira Jangabergen (Qozogʻiston);

    Mubariz Aliyev (Ozarbayjon);

    Aleksey Xovalyag (Rossiya, Tuva);

    Gulbahor Aximbetova (Oʻzbekiston).

    1-oʻrin

    Feruz Normatov (Oʻzbekiston);

    Yuliana Krivoshapkina (Rossiya, Yakutiya).

    Gran pri

    Janibek Piyazov (Oʻzbekiston).

    Taʼkidlash joizki, II Xalqaro Baxshichilik sanʼati festivali doirasida oʻtkazilgan tanlovida gʻoliblar:

    3-oʻrin — 1,250 dollar, 2-oʻrin — 1,750 dollar, 1-oʻrin — 5 000 dollar, Gran-pri sohibi esa 7 000 dollar miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

    Bir necha kun davom etgan Xalqaro Baxshichilik tanlovi qadimiy sanʼat turi sanalgan ushbu xalq ogʻzaki ijodini rivojlantirish, xalq madaniyatini yuksaltirishga eʼtibor qaratish, Baxshichilik maktabini yaratish orqali ushbu sanʼat turiga qiziquvchi isteʼdodli yoshlarni tarbiyalashga yoʻnaltirilgan, deb xabar beradi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.