Ijodiy tanlovda professional yozuvchi, shoir, jurnalistlar bilan bir qatorda jismoniy shaxslar (frilanserlar, hunarmandlar, talabalar va boshqalar) ham ishtirok etishi mumkin.

“Shiorning oʻziga xos versiyasini ishlab chiqing va taʼrifini qisqacha bayon eting. Shior loyihasi festival mohiyatini yoritib beruvchi ramziy xususiyatlarga, betakror badiiy yechimga, badiiy gʻoyaning izchilligiga ega boʻlishi, festival mavzusiga mosligi, shior xalq amaliy sanʼati hunarmandchilikni ifodalashi, Uchinchi Renessans davriga qadam qoʻyayotgan davlat deb eʼtirof etilgan bugungi Oʻzbekistonning yangicha taraqqiyot davrini qamrab olishi hamda II xalqaro hunarmandchilik festivalini tarannum etgan boʻlishi kerak”, deyiladi Badiiy akademiya xabarida.

Ijodiy tanlov gʻolibiga besh million soʻm mukofot puli beriladi.

Tashkilotchilarning maʼlum qilishicha, tanlovga materiallar 2021-yil 14-mart soat 14:00 ga qadar qabul qilinadi.