Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining rasmiy Telegram-kanalida maʼlum qilindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona viloyat boshqarmasi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro N.U. firibgarlik yoʻli bilan daromad orttirish maqsadida, fuqarolar A.B. va E.T.larni Fargʻona shahridagi IIV akademik litseyiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga ularning 1 200 AQSH dollarini qoʻlga kiritganligi aniqlanib, tekshiruv davomida N.U. olgan pullari hisobidan 1 mln soʻmni qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.