Maʼlumotda Chust tumani Varzik shaharchasida istiqomat qiluvchi tadbirkor Shavkat Mirzayev 2017-yil 28-noyabr kuni tuman hokimligi tanlovga qoʻygan 3000 kvadrat metr maydonni yutib olgani, 2017-yil 13-dekabr kuni yer ajratilgani haqida hokim qarori chiqqani, tashlandiq joyni davlatdan bir soʻm kredit olmasdan, bir milliard soʻmdan ortiq mablagʻ sarflab obod qilgani va u yerda 3 qavatli bino qurilgani bayon etilgan. Biroq deyiladi murojaatda hamqishlogʻi A.A. tadbirkor qurgan binoni buzdirish haqida sud qarori chiqartirishga erishgani MIB Chust tuman boʻlimi tomonidan barpo qilingan binoni buzmoqchi ekanligi bildirilgan.

Ushbu videoxabar yuzasidan oʻtkazilgan oʻrganishda quyidagilar aniqlandi.

Chust tumanlararo sudining 27.03.2019-yildagi qaroriga asosan Chust tumani Qalayi payon MFY hududidagi 602 m2 oʻlchamli yer maydonining 
400 m2 yer maydoniga Shavkat Mirzayev tomonidan qurilgan qurilmalar qarzdor hisobidan buzib tashlab belgilangan. Mazkur ijro hujjati Byuroning Chust tuman boʻlimi ish yurituviga olingan. Davlat ijrochisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida” gi Qonunning 23-moddasiga asosan qaror qabul qilinib, taraflarga yuborilgan. Ijro hujjati ijrosini taʼminlash maqsadida Sh.Mirzayevga 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.

Ijro harakatlari davomida FIB Chust tumanlararo sudining 19.06.2019-yildagi ajrimiga asosan ijro hujjati ijrosi vaqtincha toʻxtatilgan. 23.10.12019-yildagi sudning xatiga asosan ijro harakatlari davom ettirilgan. Shundan soʻng davlat ijrochisi tomonidan Sh.Mirzayevga ijro hujjati talabini bajarish uchun ogohlantirish berilgan. Biroq, sud talabi ixtiyoriy muddatda bajarilmagan. Mazkur sud hujjati yuzasidan nizolashishga yoʻl qoʻyilgani bois qarzdor tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga nazorat tartibida 2019-yil, 29-noyabr kuni shikoyat qilingan va FIB Chust tumanlararo sudining xatiga asosan majburiy ijro harakatlari vaqtincha toʻxtatilgan.

Joriy yil 25-mart kungi FIB Chust tumanlararo sudining ajrimida ijro hujjatlarini davom ettirish soʻralgan.

Hozirda, Byuroning Chust tuman boʻlimi ish yurituvidagi ushbu ijro hujjatini ijrosini taʼminlash vaqtincha toʻxtatib turilgan.

Ushbu holat boʻyicha ijro ishini toʻxtatish uchun tomonlar tegishli tartibda sudga murojaat etishlari maqsadga muvofiq boʻladi.

Majburiy ijro byurosi organlari sud qarorlarini muhokama qilmaydi, balki ijro etadi.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi