“Obod xonadon – yurt koʻrki”, “Orolboʻyini obod etaylik”, “Isteʼmolchilar uyi” va “Isteʼmolchi kutubxonasi” loyihalari shular jumlasidandir.

Mazkur loyihalar nafaqat davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari bilan ijtimoiy sheriklik asosida mahalliy hokimliklarning amaliy koʻmagida amalga oshirilganini alohida eʼtirof etish joiz.

Jumladan, Toshkent shahrida “Loyihalash, ekspertiza va baholash” (qurilish sohasida loyihalashtirishga ixtisoslashgan), “Isteʻmol madaniyati gazetasi tahririyati” (noshirlik faoliyatiga ixtisoslashgan), Parkent tumanida “Protect Consumer” (nasldor chorva mollari boqish va koʻpaytirishga ixtisoslashgan), Boʻstonliq tumanida “Boʻstonliq Protect Consumers” (quyonchilikka ixtisoslashgan), Sariosiyo tumanida “Surxon Protect Consumers” (nasldor echkichilikka ixtisoslashgan) masʼuliyati cheklangan jamiyatlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Mazkur tadbirkorlik tuzilmalarida bugungi kunda 60 dan ortiq ishchi oʻrni yaratilgan. Ayni paytda ularda 40 nafarga yaqin xodim mehnat qilmoqda.

Bunday tashabbuslar bir tomondan “barcha muammolarga yechim topish davlat zimmasida” qabilidagi notoʻgʻri qarash shakllanishining oldini olsa, boshqa tomondan fuqarolik institutlarining davlat hokimiyati organlari faoliyatiga taʼsir etish imkoniyatini kengaytiradi.

Federatsiya ijtimoiy sheriklik subyekti sifatida joriy yilda ham davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda bir qator ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirgan, deyiladi federatsiya axborot xizmati xabarida.