Video muallifi doʻstlariga avtomobil davlat raqamini yashiruvchi avtomatlashtirilgan pardachani “namoyish” qilgan.

Mazkur “Lacetti” rusumli avtomobilning (davlat raqami 01 J 703 VA) turar joyi va haydovchisi – poytaxtda yashovchi 36 yoshli Saidbek A. ekanligi aniqlandi. Tekshiruv davomida davlat raqamidagi pardachadan tashqari yorituvchi moslamalardan foydalanish qoidalari ham buzilganligi qayd etildi.

Ikki nafar xolislar ishtirokida oʻrnatilgan moslamalar yechildi. Avtomobil jarima maydonchasiga joylandi, haydovchiga nisbatan maʼmuriy jarima belgilandi.