Prezidentimiz raisligida 3 iyun` kuni kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida tuman (shahar) sektor rahbarlariga qiynalgan va muhtoj oilalar ro'yxatini shakllantirib, ularni kambag'allikdan xalos etish bo'yicha zarur choralar ko'rish, viloyat hokimlarining iqtisodiyot va mahalla masalalari bo'yicha o'rinbosarlari shu ishga doir barcha masalalarni muvofiqlashtirib, ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga mas'ul ekani ta'kidlandi.
YAgona ijtimoiy reestr uchun ham katta zamin bo'lishi kutilayotgan mazkur tizimni yil oxirigacha vazirlik — viloyat — tuman — mahalla kesimida to'liq joriy etish bo'yicha mutasaddilarga ko'rsatma berildi.
Kambag'allikni aniqlash va kamaytirish, iqtisodiyotni rivojlantirish bo'yicha ishlarni namunali tashkil etish maqsadida chegaradosh hududlarga alohida yondashish, buning uchun Bosh vazir o'rinbosarlari mazkur hududlar rahbarlari bilan birgalikda aholi bandligini oshirish va yashash sharoitini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan alohida dasturlar ishlab chiqish zarurligi bildirildi.
Yig'ilishda yurtimizda hozirgi vaqtda boquvchisini yo'qotgan oilalar soni 155 ming, 5 nafardan ortiq farzandi bor kam ta'minlangan oilalar soni 81 ming, yolg'iz yashovchi keksalar 16 ming nafarni tashkil etgani holda, mazkur ehtiyojmand qatlam vakillariga ajratilayotgan ijtimoiy yordamlar to'liq etib bormayotgani alohida alohida ko'rsatib o'tildi.
Mazkur holatni to'la bartaraf etish maqsadida Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligiga qo'shimcha tarzda ajratilgan 992 milliard, shuningdek, “Saxovat va ko'mak” jamg'armasida mavjud 70 milliard so'm qoldiq mablag'ni muhtoj oilalarga aniq va adolatli etkazish bo'yicha qat'iy topshiriq berildi. SHu bilan birga, yil yakuniga qadar qo'shimcha 235 mingdan ziyod oilaga moddiy yordam ajratilishi qayd etildi.
Aholi bandligini ta'minlash, zarur ish o'rinlari yaratib berish borasida Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi tomonidan bir qator ishlar yo'lga qo'yilgan. Xususan, joriy yilning o'tgan davri mobaynida mahalla fuqarolar yig'inlari tashabbusi bilan 114 ming nafardan ziyod aholi bandligi ta'minlandi. Jumladan, bu jarayonda kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi borlarni qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratildi.
Davlatimizning bevosita ko'magi natijasida bugungi kunda oilaviy ahvoli yaxshilanib borayotgan mingga yaqin oila kambag'allikdan chiqarildi. Bundan tashqari, o'z-o'zini band qilgan 28 817 nafar fuqaroga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari rasmiylashtirildi hamda ularning kelgusida pensiya olish huquqi ta'minlandi.
Mahallalardagi og'ir sharoitda yashovchi qirq ming nafardan ko'proq xotin-qiz doimiy, haq to'lanadigan jamoat ishlariga, hunarmandchilik, oilaviy tadbirkorlik, tomorqa va boshqa yo'nalishlardagi tadbirkorlik ishlariga jalb etildi.
Bunday natijalar bilan cheklanmay, belgilab berilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirish zimmamizga katta mas'uliyat yuklamoqda. SHu maqsadda vazirligimiz tizimida tegishli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, unda belgilangan vazifalarni o'z vaqtida amalga oshirish yo'lida bor imkoniyatlarni safarbar etmoqdamiz. Jumladan, xorijiy mamlakatlardan maxsus aviaqatnovlar orqali olib kelingan 50 mingga yaqin fuqaromizni ish bilan ta'minlash, ularning oilalarini ijtimoiy etishmovchilikdan asrab qolish bo'yicha ishlarni yo'lga qo'yish rejalashtirilmoqda. Xotin-qizlar bandligini ta'minlash va tadbirkorligini rivojlantirish bo'yicha ishlar davom ettiriladi. Xususan, xotin-qizlarning tadbirkorlik hamda AKT sohasidagi moliyaviy savodxonligini oshirish bo'yicha maxsus targ'ibot-tashviqot oyligi, ko'rgazma va kompaniyalar tashkil etiladi.
Xotin-qizlar o'rtasida “eng ilg'or biznes loyiha” tanlovi tashkil etilib, tadbirkor ayollarning kasbiy mahorati, moliyaviy va huquqiy savodxonligini oshirish, ayollar tadbirkorligi bilan bog'liq ilg'or tajribalarni ommalashtirish, grantlar berish, kredit ajratish ishlarini yo'lga qo'yish niyatidamiz.
Toshkent viloyatida 130 ta mahallada kam ta'minlangan oilalarning xotin-qizlariga hududdagi o'quv markazlarida kasbga bepul o'qitish va sertifikatlar topshirish rejalashtirilmoqda. Kambag'allikni qisqartirish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Unga muvofiq, ishsizlikni kamaytirish va kambag'allikka barham berish bo'yicha xorij tajribasini o'rganish va joriy etish, yangi ish o'rinlarini yaratish, bunda idoralararo hamkorlikka alohida urg'u berish, aholini tadbirkorlikka jalb etish kabi ishlar “mahallabay” va manzilli tartibda olib boriladi.
Bundan tashqari, ijtimoiy yordam va boshqa xizmatlarni aholiga etkazishda optimallashtirilgan dasturlardan, ya'ni bir vaqtning o'zida fuqaro va vazirlikning xabardorligini ta'minlovchi tizimlardan foydalanish choralari ko'rilyapti. Muhtoj oilalar bilan ishlarni tashkil etishda “temir daftar” tizimiga qat'iy amal qilinadi. Har bir mahallaning iqtisodiy imkoniyatlariga to'g'ri baho berish mezonlari ishlab chiqiladi.
Xullas, har bir chora-tadbirni amalga oshirish jarayonida ijtimoiy-iqtisodiy yordamni aniq va manzilli tashkil etish, bugungi kunda yaratib berilayotgan imkoniyatlardan xalqimizni to'la bahramand etishga ustuvor ahamiyat qaratiladi.
Global pandemiyaning salbiy oqibatlariga qarshi kurashish borasida ko'rilayotgan bunday muhim choralar jamiyatimizda kambag'allik muammosiga ijobiy echim topish va xalqimizni ijtimoiy himoyalash, oilalarning daromadini oshirish orqali jamiyatimizda ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashda muhim omil bo'lib xizmat qiladi.
Rahmat MAMATOV,
Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vaziri