Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, tadbir davomida “Doʻstlik” MFY hududida yashovchi fuqaro Sh.X va R.T ikki bosh boʻrsiqni hech qanday ruxsatnomasiz tabiatdan ushlab, oʻz xonadonlarida saqlayotgani aniqlandi. Fuqarolar bu yovvoyi jonivorlarni 3 500 000 soʻmga sotmoqchi boʻlishgan.

Ushbu holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 92-moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima belgilandi.

Boʻrsiqlarni tabiat qoʻyniga qoʻyib yuborish choralari koʻrilmoqda.