Vatikanda 1629-yilda Rim papasi Klement VII tomonidan ajrashishni taqiqlash toʻgʻrisida qonun qabul qilingan. 2015-yilda Papa Fransisk tomonidan bu qonunga bir muncha oʻzgartirishlar kiritildi. Endilikda mamlakat fuqarolariga alohida hollarda ajrashishga ruxsat berilishi mumkin.
Filippinda ham bu qonun katolik mazhabi taʼsirida qabul qilingan. Faqat musulmonlar uchun katta sarf-xarajat va hujjatbozlik evaziga nikohni bekor qilishga ruxsat berilar edi. Keyingi yillarda mamlakatda ajrashishlarni soddalashtirish masalasi parlament tomonidan tez-tez muhokama qilinmoqda.