“Enfild”da “Liverpul” va “Benfika” jamoalari oʻrtasida kechgan oʻyin jangovar durang – 3:3 hisobida yakunlandi. Birinchi oʻyindagi “Liverpul”ning 3:1, umumiy esa 6:4 hisobidagi gʻalabasi ularni chempionlar ligasining yarim finaliga olib chiqdi. Yarim finalda ular Ispaniyaning “Vilyarreal” jamoasi bilan kuch sinashadi.

Ispaniyadagi “Vanda Metropolitano” oʻyingohida kechgan “Atletiko” – “Manchester Siti” qarama-qarshiligi esa nursiz durang bilan yakunlandi. Shaharliklarning birinchi oʻyindagi 0:1 hisobidagi gʻalabasi evaziga ikkinchi ingliz klubi ham yarim finalga yoʻl oldi. Ularni ushbu bahsda yana bir ispan jamoasi – “Real Madrid” kutib turibdi.

Demak, Chempionlar ligasi yarim final juftliklari quyidagicha koʻrinish oldi: “Liverpul” - “Vilyarreal”, “Manchester Siti” - “Real”. Bahslar 26-27-aprel hamda 3-4-may kunlari boʻlib oʻtadi.

“Liverpul” – “Benfika” 3:3 (umumiy hisob 6:4)

Gollar: 1:0 – 21 Konate, 1:1 – 32 Gonsalu Ramush, 2:1 – 55 Firmino, 3:1 – 65 Firmino, 3:2 – 73 Yaremchuk, 3:3 – 81 Nunyes.

Liverpul – Alisson, Gomes, Matip, Konate, Simikas, Milner (Tiago Alkantara, 58), Xenderson (Fabinyo, 58), Keyta, Firmino (Origi, 90), Diogu Jota (Salax, 57), Dias (Mane, 66).

Benfika – Vlaxodimos, Jilberto (Jil Diash, 90), Vertongen, Otamendi, Grimaldo, Taarabt (Joau Mariu, 66), Diogu Gonsalvesh (Yaremchuk, 46), Vaygl, Everton (Almeyda, 90), Nunyes, Gonsalu Ramush (Paulu Bernardu, 78).

“Atletiko” – “Manchester Siti” 0:0 (umumiy hisob 0:1)

“Atletiko” – Oblak, Savich, Felipe, Reynildu, Lodi (Korrea, 70), Lemar (Suares, 82), Koke (de Paul, 69), Kondogbia, Lyorente, Grizmann (Karrasko, 69), Joau Feliks (Mateus Kunya, 82).

“Manchester Siti” – Ederson, Uoker (Ake, 73), Stounz, Laport, Joau Kanselu, Gyundogan, de Bryuyne (Sterling, 65), Rodri, Bernardu Silva (Fernandinyo, 79), Foden, Marez.

Ogohlantirishlar: Felipe (24), Lyorente (80), Rodri (85), Savich (90), Ake (90), Marez (90), Foden (90), Joau Kanselu (90).

Chetlatish: Felipe (90).